"Til bilsang,el bilasan"-deydi dono xalqimiz.Bugungi kunda tilga bo'lgan e'tibor yanada ortmoqda,yoshlar orasida bir nechta tillarni mukammal biluvchilar soni ortmoqda. O'tkan asr avvalida Mahmudxo'ja Behbudiy bu haqda kuyinib gapirgan edilar: "Bizg’a lozimki, o’z naf’imiz uchun ruscha bilayluk, hukumat maktablarinda o’quylik.Davlat mansablarig’a kirayluk.Vatanimizg’a va o’z dinimizga xizmat etaylik.Musulmon bo’lub turib taraqqiy qilayluk.Bu zamon tijorat ishi, sanoat va mamlakat ishlari, hatto, dini islom va millatga xizmat ilmsiz bo’lmaydur…
Hadisi sharifdan ma’lum bo’ladurki, janobi payg’ambar o’z sahobalaridan Zayd bin Sobitg’a yahudiy xatini o’qub-o’rganmoqg’a buyurgan ekanlar.Va ul janob Umar hazrat nubuvvat panohi ila yahudiy xatini o’rganib hazrat payg’ambarg’a yahudiylardan kelaturgon xat5larni o’qub berar ekanlar(Sahihi Buxoriy, juz 4, sahifa 156).
Holbuki, ul zoti bobarakot payg’ambarimiz quvvati hokima egasi edilar.Yahudiylar mahkum va tobe’ edi.Al-on Rusiya hokim, bizlar anga tobe’ va o’z tirikligimiz uchun alar xatini bilmoq zarur va hadisi sharif dalolatincha durustligig’a joyi inkor bo’lmasa kerakdur".
Mahmudxo'ja Behbudiy
“Oyna” jurnali,1913-yil, 1-son, 12-14-betlar.
Bugungi kunda esa til o'rganish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. ammo afsuski bizning noyob asarlarimiz hamon chet tillariga mukammal tarjima qilinmayapti.Buni sabablari nima deb o'ylaysiz?