Tarjimonlar sayti
Dushanba, 28.07.2025, 00:17
Меню сайта

Форма входа

Друзья сайта

Статистика

Мини-чат

Наш опрос
Saytga baho bering
Всего ответов: 20

[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Yapon tili
SaidNosirДата: Shanba, 18.10.2008, 10:42 | Сообщение # 1
Admin
Группа: Администраторы
Сообщений: 4
Репутация: 0
Статус: Offline
Bu bo'limda dunyoning rivojlangan 7 davlatidan biri bo'lmish Yaponiyaning davlat tili - yapon tili haqida, uni o'rganishga doir ma'lumotlar berib boramiz.
 
SaidNosirДата: Shanba, 18.10.2008, 10:51 | Сообщение # 2
Admin
Группа: Администраторы
Сообщений: 4
Репутация: 0
Статус: Offline
Yapon tili iboralarining tarjimasiga doir
Til – jamiyat va shaxs hayotida o'ziga xos o'rin egallab, jamiyatning har tomonlama rivojida va har bir shaxsning yuksak mavqega erishishda asosiy omillardan biri bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumki , til muayyan qonun-qoidalar asosida rivojlanadi. Ushbu qoidalar tilshunoslikning fonetika, grammatika, leksika kabi bo'limlarida o'rganiladi va tahlil qilinadi. Lekin tilshunoslikning shunday bo'limi mavjudki, unda hech qanday muayyan qoidalariga o'rin yo'q. Bu tilshunoslikning barqaror birikmalarni, ya'ni iboralarni o'rganadigan bo'limi - frazeologiyadir. Iboralar shunday barqaror so'z birikmalaridirki, ular hech qachon to'g'ri ma'noda qo'llanilmaydi, yani qar bir birikma ostida butunlay boshqa ma'no yotadi. Masalan, o'zbek tilida kapalagi uchib ketdi , tarvuzi qo'ltig'dan tushdi iboralari qo'rqdi , bo'shashdi ma'nolarni anglatadi. Bu kabi iboralar barchaga ma'lum, zero, biz har kuni o'z fikrlarimizni, hissiyotlarimizni, taasurotlarimizni aniqroq ifodalash maqsadida o'zimiz sezmagan holda ulardan foydalanamiz. Lekin xorijiy tillarni o'rganuvchilar ko'pincha mana shu sohada qiyinchiliklarga duch keladular. Ayniqsa, yapon tilini o'rganayotgan yoshlarimiz yangi iboralarni uchratganlarida u anglatgan ma'noni to'la anglab eta olmaydilar. Bu tabiiy hol, albatta. Zero yapon tili iboralarini faqat yodlabgina esda tutish mumkin. Bugungi kunda televidenie va siyosat olamida Yaponiya, Koreya va Xitoyning badiiy adabiyoti, matbuotida ishlatiladigan iboralar, jargonlar va slenglar juda katta o'rin tutadi.
Hozirgi kunda yapon iboralarini o'rgatish mamlakatimiz ayrim litsey, institut va universitetlarida keng yo'lga qo'yilgan. Chunki yapon tilini chuqur o'zlashtirish uchun ma'lum miqdordagi so'zlarni bilish va ularni nutqda qo'llay olish etarli emas. Og'zaki va yozma nutqni to'g'ri tushunish, nutq ifodalagan obrazni, joziba va ta'sirchanligini o'rganish va ularni to'g'ri qo'llay bilish juda muhimdir. Frazeologik birikmalarni bilmaslik yozuvchining asl maqsadini tushunmaslikka olib keladi.

Masalan, yapon tilida ko'p qo'llaniladigan (sora-namida) iborasini olaylik. Agarda o'quvchiga bu ibora notanish bo'lsa, uni so'zma-so'z osmondagi ko'z yoshlar yoki osmon ko'z yoshlari deb tarjima qilishi mumkin. Zero iyeroglifi sora o'qilishida osmon , iyeroglifi esa namida , deb o'qilib yosh , koz yo'shi ma'nosini anglatadi. Lekin, aslida bu metaforik ibora o 'zbek tilida yolg'on yig'i , shayton yig'isi маъносини англатади .

Yapon tilida iyeroglifi bilan berilgan (moti) so'zi guruchdan qilingan non, guruchli non ma'noga ega bo'lganligiga qaramay, ushbu so‘z ishtirokida yaratilgan bir qator maqol va matallarga uning asosiy mao'nosi kiritilmagan. Jumladan:

(E-ni kaita moti)
(Surati chizilgan guruchli non)
Xolva degan bilan, og'iz chuchimaydi

(Moti-wa motiya)
(Guruchli non uchun guruchli non do'koni)
Chumchuqni so'ysa ham qassob so'ysin

O 'quvchi har gal yangi so'zni o'rganayotganda , shu so'z ishtirokidagi iboralarni ham o'rganib borishi zarur .

Yapon tili o'ziga hos tillardan bo'lib , jahondagi bironta til oilasiga kirmaydi. Hozirgi zamon yozuvi judda murakkab bo'lib , unda iyeroglif va bug'inli harflar (xiragana va katakana) ishlatiladi . Har bir iyeroglif kamida ikkita o'qilishiga ega .

Shuning uchun ham talaba-o'quvchilarga yapon tilini o'rgatishda yapon tilida qo'llaniladigan iboralar (frazeologiya) mohiyatini to'la tushuntirish va o'rgatish maqsadga muvofiqdir .

Foydalangan adabiyotlar
• Rasulov M. O'zbek tili. Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik . T., «O'qituvchi » 1967, 380 b.

• Salomov G' . Maqol va idiomalar tarjimasi. T., 1961, 162 b.

• Hozirgi o'zbek adabiy tili . 1 qism. Т ., «O'qituvchi », 1980, 448 b.

• (Meigen meiku jiten Sanseidо ) «Hikmatli so'z va iboralar lig'ati ». Tokio, «Sanseido», 1991, 318 b.

• Sherov S.X. Yaponcha-o ‘zbekcha-ruscha lug‘at . Т ., Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti, 2004, 250 b.

Ushbu ibora rus tilida «крокодиловы слёзы», ingliz tilida esa « crocodile tears » deb berilgan

Manba: http://japanzabon.sarkor.uz/index.htm

 
SaidNosirДата: Shanba, 18.10.2008, 11:00 | Сообщение # 3
Admin
Группа: Администраторы
Сообщений: 4
Репутация: 0
Статус: Offline
Таблица ключевых знаков / Bosh ierogliflar jadvali / List of radicals

http://japanzabon.sarkor.uz/key_signs.htm

 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2025