19- may kuni Toshkent shahrida talabalar olimpiadasining respublika bosqichi boshlandi. Olimpiadaning xorijiy tillar yo’nalishi O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida o’tkaziladi. Uch xorijiy til - ingliz, nemis, fransuz tilari bo’yicha Respublika Olimpiadasi o’tkazilishi munosabat bilan Universitetning 1-ingliz filologiyasi fakultetining majlislar zalida ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda fakultet ma’muriyati va hakamlar hay’ati a’zolari so’zga chiqib, o’tkazilajak Olimpiada dasturlari bilan tanishtirdilar. Hakamlar hay’ati a’zolarini xorijdan vakillar- Angliya, Fransiya, Germaniyadan mehmonlar ham tashkil etadi.